Vitagen ta’lim texnologiyasi
bu ta’lim oluvchining hayotiy tajribasi, kundalik faoliyatda orttirgan bilimlari, kuzatuvlari, shaxsiy qarashlari va boshidan kechirgan holatlarini ta’lim jarayoniga jalb etish asosida yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyadir.
Bizning maqsad:
vitagen ta’lim texnologiyasi va axborot-ta’lim muhiti imkoniyatlarini integratsiyalash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
Axborot-ta’lim muhitining maqsadi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning hayotiy tajribasi, shaxsiy bilim va ko‘nikmalarini vitagen ta’lim texnologiyasi asosida o‘quv jarayoniga integratsiyalash, zamonaviy raqamli va interaktiv ta’lim resurslaridan samarali foydalanish orqali ularning kasbiy kompetentligini tizimli rivojlantirish, mustaqil, refleksiv va amaliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda pedagogik vaziyatlarda egallangan bilimlarni amaliy qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.




